17:30 / 24.05.2017
10138

Farg‘onalik ayollar sport mashg‘ulotlarida muntazam qatnashmoqda

Cport salomatlik garovi. Inson qaysi yoshda bo‘lmasin sportga oshno bo‘lsa, salomatligi mustahkam, kayfiyati chog‘ bo‘ladi. O‘zbekiston an'anaviy taekvondo federatsiyasi Farg‘ona viloyat qoshida tashkil etilgan keksa ayollar uchun sog‘lomlashtirish klubi a'zolari ana shu tamoyilni amalda isbotlay olganlardan.

Haftaning 3 kuni davomida sport klubi keksa buvijonlar bilan gavjum. Qolaversa, bu yerda 45 nafar ayol uy yumushlaridan ortib, mashg‘ulotlarda ishtirok etishga intilmoqda. Ularning aksariyati viloyat miqyosida tashkil etilayotgan musobaqalarda ham nufuzli natijalarga erishmoqda.

55 yoshdan 82 yoshgacha bo‘lgan duogo‘y buvijonlar ham yoshlardek shijoat bilan sport mashg‘ulotlarida qatnashmoqda. Shu kunga qadar ana shunday buvijonlarning 200 nafari sport klubidan minnatdor bo‘lishdi. Negaki, bu yerdagi jismoniy harakatlar tufayli ular bel va oyoq og‘rig‘i, ostexondroz kabi kasalliklardan xalos bo‘lmoqda.

Sport klubi keksa avlod vakillarining bo‘sh vaqti sermazmun o‘tishi va ularning salomatligini mustahkamlashda muhim o‘rin tutmoqda. Eng asosiysi uning bardavom faoliyat yuritishidan katta-yu kichik birdek manfaatdor.

Top