18:47 / 24.05.2017
8292

Kreml Rossiya, Xitoy va Filippin harbiy alyansi tuzilishi ehtimoliga munosabat bildirdi

Foto: © RIA Novosti

Rossiya, Xitoy va Filippin o‘rtasida maxfiy ittifoq tashkil etilmaydi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, rasmiy Moskva maxfiy ittifoqlar tuzilishini ma'qullamaydi.

"Rossiya hech qanday yashirin hamdo‘stlik tuzmaydi, bu davlat boshqa davlatlar bilan teng hamkorlikka asoslangan munosabatlarni o‘zaro hurmat asosida rivojlantirish tarafdoridir", degan Peskov jurnalistlarga.

U shuningdek, Filippin prezidenti Rodrigo Dutertening rossiyaliklar yetakchisi Vladimir Putin bilan uchrashuvi shunday ittifoq tuzilishi yo‘lidagi qadam emasligi haqidagi savolga javob qaytargan.

"Yo‘q. Bu ikki tomonlama munosabatlar rivoji yo‘lidagi qadam bo‘ldi", degan Peskov.

Mavzuga oid
Top