00:49 / 24.05.2017
4562

Somalidagi teraktda 5 kishi halok bo‘ldi

Somalida nazorat-o‘tkazish punktida terrorchi-xudkushning hujumi oqibatida 5 kishi, jumladan politsiya xodimi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda 23 may kuni Reuters axborot agentligi. 

Portlash Puntlend muxtor hududining shimoliy viloyati Barida yuz bergan. Shuningdek, 12 kishi jarohat olgan, deb ma'lum qildi viloyat gubernatori Yusuf Muhammad.

Portlash terrorchiga to‘xtash buyurilganda sodir etilgan. Ayni vaqtda birorta terrorchilik guruhi ushbu hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Ta'kidlash joizki, Baridagi ushbu terakt oxirgi 3 yil ichidagi birinchisi bo‘ldi. 

2016 yil dekabrda Putlendda IShID bilan bog‘langan jangarilar shimoliy shaharlardan birini bosib olgandilar, biroq Putlend xavfsizlik xizmati tomondan tezkorlik bilan tog‘li hududga siqib chiqarilgandilar. 

Top