14:50 / 24.05.2017
59538

Sud departamenti o‘rnida majburiy ijro byurosi tashkil etiladi

O‘zbekistondagi sud qarorlarini ijro etish tizimida yirik islohotlar o‘tkazilishi kutilmoqda.

«Kun.uz» manbasi ma'lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta'minlash departamenti tugatilmoqda.

Departament funksiyalari Bosh prokuratura qoshida tashkil etiladigan majburiy ijro etish byurosiga o‘tkaziladi.

Byuro nafaqat sud qarorlarini ijro etish bilan shug‘ullanadi, balki kommunal to‘lovlar tizimi ham ushbu tashkilot nazoratiga o‘tkaziladi. 

Endilikda gaz va elektrga oid barcha kommunal to‘lovlarni undirish bilan aynan prokuratura qoshidagi byuro xodimlari shug‘ullanishadi.

Bu ma'lumot sud departamentidagi manba tomonidan ham tasdiqlandi. Manbaning so‘zlariga ko‘ra, yangi byuroda 10 ming nafarga yaqin xodim ishlaydi. Taqqoslash uchun, sud departamenti xodimlari soni 2 ming nafardan ortiq.

Ayni vaqtda Bosh prokuratura tomonidan tegishli rasmiy farmon e'lon qilinishi kutilmoqda.

Top