23:04 / 24.05.2017
35454

Turkmaniston Amudaryo uzra qurilgan yangi ko‘prikdan foydalanish narxlarini e'lon qildi

Turkmaniston Amurdaryo uzra qurilgan Turkmanobod–Farob, Otamurod–Kerkichi avtomobil ko‘priklaridan foydalanishda xorijiy davlatlarning avtotransport vositalari egalari uchun narxlarni e'lon qilib, Seydi shahri yaqinida mamlakat hududiga kirish va tranzitdan foydalanishga ham to‘lov qabul qilinishini bildirib o‘tdi, deya xabar beradi Xalqaro avtomobil tashuvchilari assotsiatsiyasi.

Assotsiatsiyaga ko‘ra, ushbu ma'lumotlar Turkmaniston tashqi ishlar vazirligi tomonidan tarqatilgan.

Otamurod–Kerkichi temir yo‘l ko‘prigi 2009 yilda ochilgan edi, Turkmanobod–Farob avtomobil va temir yo‘l ko‘priklari 2017 yilning martida foydalanishga topshirilgandi.

Avtomobillar uchun mo‘ljallangan ko‘prikning qatnov qismi 4 yo‘lakdan iborat bo‘lib, 21,5 metr kenglikka ega. Avtotransport vositalarining xavfsiz harakatlanishi uchun ko‘prikka yaqin 6 kilometr uzunlikda pundusli yo‘l ayirgichlar barpo etilgan. Ko‘prikning ikki chetida piyodalar uchun eni 1,5 metr bo‘lgan yo‘laklar qurilgan.

Ilgari Amudaryo orqali temir yo‘l transporti harakati 1901 yilda qurilgan eski ko‘prik orqali amalga oshirilardi. Yangi temir yo‘l ko‘prigining uzunligi 1750 metrga teng.

Top