20:05 / 24.05.2017
4640

O‘zbekiston va Qozog‘iston velosiped sporti federatsiyalari Hamkorlik memorandumini imzolashdi

O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi rahbariyati rasmiy xizmat tashrifi bilan qo‘shni Qozog‘iston Republikasida bo‘ldi. Rasmiy uchrashuvda O‘zbekiston Velosiped sporti federatsiyasi raisi o‘rinbosari Kozimxo‘ja O‘rinboyxo‘jayev, Federatsiya ijrochi direktori Rustam Nuriddinov va Qozog‘iston velosiped sporti federatsiyasi Prezidenti Darxan Kaletayev, Qozog‘iston velosiped sporti federatsiyasi bosh kotibi Tulpar Mansurov, Qozog‘iston velosiped sporti federatsiyasi prezident o‘rinbosari Amanbek Kulchikovlar ishtirok etishdi. 

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Qozog‘iston velosiped sporti federatsiyalarining ikki tomonlama manfaatli Hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumda qozog‘istonlik velosportchilar hamda o‘zbekistonlik velosportchilar o‘rtasida ikki tomonlama o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari o‘tkazish, malaka oshirish, tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikasida mashg‘ulotlar o‘tkazish yuzasidan qarorlar tasdiqlandi. 

Ushbu memorandum ikkala davlat prezidentlari olib borayotgan siyosatining sport sohasidagi hamkorlik aloqalarini kengayib borayotganidan dalolat beradi. 

Top