14:55 / 24.05.2017
8190

Jahon noutbuklar kuni: Microsoft, Lenovo va Huawei taqdimotlari

Bugun biryo‘la uch kompaniya o‘z noutbuklarini namoyish qildi - Microsoft, Lenovo va Huawei. Ularning har biri o‘ziga xos jihatlarga ega. Hi-Tech so‘nggi noutbuklar haqidagi batafsil ma'lumoti bilan bo‘lishdi.

Microsoft Surface Pro'ni yangiladi

Bugun Microsoft Surface Pro noutbukini yangiladi. Asosiy yangilanishlar qurilma "kapoti ostida" kechdi. 

Yangilangan noutbuk (yoki planshet) Intel Kaby Lake protsessoriga ega bo‘ldi. Shuningdek, Microsoft'da ta'kidlanishicha, avtonom faoliyat vaqti 13,5 soatgacha oshirilgan. 

Bundan tashqari, Surface ko‘k, bordo, tillarang va kulranglarda Surface Laptop misolidagi alkantra klaviaturasiga ega bo‘ldi. Aftidan, Microsoft bu materialga, shuningdek USB klassik portlariga  jiddiy qiziqib qolgan ko‘rinadi - yangi qurilmada USB C bo‘lmaydi. 

Yangilangan Surface Pen yangi noyob ranglardagi variantlarida har qanday holatga moslashuvchan harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Shu bilan birga endi planshet ekranida Surface Dial hamda Surface Studio'ni qo‘llash mumkin.

Yangi Surface Pro'ni 15 iyundan qo‘lga kiritish imkoni paydo bo‘ladi. Uning boshlang‘ich narxi - 799 dollar. Shuni ta'kidlash joizki, klaviatura alohida sotiladi -  alkantra muqova uchun 159 dollar yoki oddiy qora klaviatura uchun 129 dollar to‘lashga to‘g‘ri keladi. Surface Pen esa 99 dollarga tushadi. 

Lenovo yangi IdeaPad noutbuklar turkumini namoyish etdi

Lenovo kompaniyasi bugun jahon bozoriga Lenovo IdeaPad yangilangan qatorining biryo‘la oltin noutbukni namoyish qildi. Ularning orasida yangilangan modellar mavjud - IdeaPad 720, 520 va 320. Shuningdek ingichka va yengil noutbuklar seriyasi ham to‘ldirilmoqda — IdeaPad 720S, 520S va 320S. Eng ingichka modellardan biri IdeaPad 520S - 19,3 millimetr qalinlikda. 

Shuningdek IdeaPad yangi turkumida yangilangan klaviatura taqdim etilgan. Yangi qurilmalar Microsoft Precision Touchpad sensor paneliga ega bo‘ldi. 

IdeaPad 720S flagmani Intel Core i7 protsessori hamda Thunderbolt 3 interfeysi bilan ta'minlanadi. Shuningdek seriya barmoq izlari datchiki va sensor ekran bilan taqdim etiladi. IdeaPad 520 va 520S qurilmalari yettinchi avlod Intel protsessori bilan ta'minlandi - Intel Core'dan tortib to NVIDIA GeForce 940MX grafikigacha. IdeaPad 320 va IdeaPad 320S byudjyet modellari turli xil rang variatsiyalarida taqdim etiladi. Sifatli materiallar va ishlov va'da qilindi. 

Lenovo geymerlar uchun yangi 17 dyuymli Lenovo Legion Y920 o‘yin noutbukini bozorga olib chiqadi, u VR-kontent bilan ishlash uchun sertifikatlangan. Model yettinchi avlod Intel protsessorlari bilan ta'minlangan.

Huawei raqibi MacBook'ga yanada yaqinlashdi

O‘tgan yili Huawei tomonidan namoyish qilingan MateBook "ikkisi birda" sensor qurilma bo‘lgan, lekin o‘sha paytning o‘zidayoq ko‘pchilik uni Apple'ning MacBook'iga o‘xshatgan edi. Bugungi yangilanishdan keyin MateBook X klaviaturali planshet maqomidan kechdi va MacBook'ga o‘xshashlik yanada yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. 

Yangi MateBook ingichka, yengil va shovqinsiz (ventilyatorlarsiz) bo‘lib, 2K ekranga ega bo‘ldi. Huawei qurilmada aerokosmik sohasida keng qo‘llanuvchi sovutish texnologiyasini qo‘lladi. MateBook X profili ixcham va ingichka bo‘lishiga qaramay, yettinchi avlodning kuchli Intel Core i7 yoki i5 protsessorlari lineykasi bilan taqdim etiladi. 

MateBook X narxlari - 1399-1699 dollar atrofida, yangi qurilma 2017 yilning yozida sotuvga chiqadi. 

Huawei'da ta'kidlanishicha, MateBook X — Dolby Atmos Sound System funksiyali va  Dolby bilan hamkorlikda ishlangan dinamikli ilk noutbuk. Ishlab chiqaruvchilar shuningdek barmoq izlari datchikini Windows autentifikatsiyasini qo‘llovchi quvvatlanish tugmasiga integratsiyalashdi. MateBook X uch xil rangda ishlab chiqariladi: Prestige Gold, Space Grey va Rose Gold.

Mavzuga oid
Top