15:06 / 25.05.2017
9948

Prezident kasanachilikni rivojlantirishga oid 2006 yilgi farmonga o‘zgartish kiritdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2006 yil 5 yanvardagi «Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonga o‘zgartish kiritdi. Bu haqda O‘zA xabar bergan.

Farmonga muvofiq, kasanachilikni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish, ish bilan band bo‘lmagan aholini ishlab chiqarishga jalb etish, sanoat korxonalari bilan kasanachilik o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni 3-bandidagi «2019 yilning 1 yanvarigacha» degan so‘zlar «2021 yilning 1 yanvarigacha» degan so‘zlar bilan almashtirildi.

Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklangan.

Oldinroq Shavkat Mirziyoyev kasanachilikni yanada rivojlantirishga doir qarorni imzolagani ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid
Top