17:40 / 25.05.2017
14658

OPeK tarkibiga yangi a'zo qabul qilindi

Ekvatorial Gvineya OPeKning yangi a'zosiga aylandi. Bu haqda Saudiya Arabistoni Energetika, sanoat va mineral resurslar vaziri Xolid al-Falih tashkilotning 172-sammiti yakunida ma'lum qilindi.

"Menimcha OPeK tarkibiga yangi a'zo qabul qilinishi yaxshi yangilik. Bu tashkilotning ish olib borayotganini ko‘rsatadi", degan u.

Shu tariqa, Ekvatorial Gvineya OPeKning 14-a'zosiga aylandi. Bungacha Jazoir, Angola, Ekvador, Gabon, Eron, Iroq, Kuvayt, Liviya, Nigeriya, Qatar, Saudiya Arabstoni, BAA va Venesuela tashkilot a'zolari hisoblanishardi.

Ekvatorial Gvineya 2015 yilda kuniga 250 ming barrel neft qazib olgan (bu ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda 34-o‘rin). 2016 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, mamlakat neft zaxiralari 1,1 milliard barrelni tashkil etgan. 2014 yilda bu mamlakat 6,55 milliard kubometr gaz qazib olgan, 4,956 milliard kubometr gazni eksport qilgan. 2016 yilning 1 yanvari holatiga ko‘ra, mamlakat gaz zaxiralari miqdori 36,81 milliard kubometrni tashkil etgan.

Mavzuga oid
Top