Joriy yilda 9-sinfni bitirayotgan 467 019 nafar o‘quvchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi. Bu haqda Kun.uz’ga Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
9-sinf bitiruvchilaridan 228 514 nafari qiz bola bo‘lsa, 238 505 nafar o‘g‘il bolalardir.
So‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, akademik litseylarga 44 900 nafar o‘quvchi hujjat topshirishi mumkin bo‘lsa, kasb-hunar kollejlarida ta'limni 424 299 nafar o‘quvchi davom ettirishi ehtimolga yaqin.
Akademik litseylarda o‘qishni istaganlar quyidagi yo‘nalishlarni tanlagan: san'at – 0,1 foiz, xorijiy filologiya – 1,9 foiz, ijtimoiy gumanitar fanlar – 1,7 foiz, tabiiy fanlar – 1,4 foiz, aniq fanlar – 4,0 foiz.
Kasb-hunar kollejlarida esa bu holat quyidagicha: xizmatlar – 13,6 foiz, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot – 31,8 foiz, qishloq va suv xo‘jaligi – 11,1 foiz, ishlab chiqarish va texnik – 17,8 foiz, ijtimoiy, iqtisod va huquq – 8,4 foiz, gumanitar – 8,1 foiz.
Qayd etilishicha, 9-sinf bitiruvchilarining akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qamrab olish jarayonlari elektron dastur orqali to‘liq nazorat qilinmoqda.