11:45 / 26.05.2017
12292

Chilonzorda bangixona aniqlandi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida bangixona aniqlandi, deb xabar bermoqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi.

Ma'lum bo‘lishicha, 2017 yilning 22 may kuni Chilonzor tumani hududida joylashgan xonadonda Ruslan Djyeksanbayev qonunga xilof ravishda “opiy” giyohvand moddasini tayyorlab, uni iste'mol qilish uchun bangixona tashkil qilganligi aniqlanib, xonadondan 9 dona bir martalik tibbiyot shpritslarda joylashtirilgan umumiy og‘irligi 0.62 grammga teng bo‘lgan “opiy” giyohvand moddasi daliliy ashyo sifatida olindi. 

Djyeksanbayevga nisbatan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 273-moddasi 4-qismi (giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda tayyorlash, bunday vositalarni iste'mol qilish uchun bangixonalar tashkil qilish va saqlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Top