11:22 / 26.05.2017
9541

Foto: Toshkentda 22 mln so‘mni talonchilik bilan egallab olgan jinoiy guruh ushlandi

2017 yil 27 aprel kuni noma'lum shaxslar Sergeli tumanidagi “Qumariq Metan” yoqilg‘i quyish shoxobchasi oldida fuqaro D.ga tegishli bo‘lgan “Kobalt” rusumli avtomashina salonidan 22 mln so‘m naqd pullarni talonchilik yo‘li bilan egallab, davlat raqami bo‘lmagan “Neksiya-2” avtomobilida voqea joyidan yashiringan. 

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tuman ichki ishlar boshqarmasi tergov bo‘limi tomonidan JKning 166-moddasi, ya'ni talonchilik alomatlari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilgandi. Tergov-tezkor tadbirlar natijasida mazkur jinoyatni muqaddam bosqinchilik jinoyati uchun sudlangan Rasulov Akmal, muqaddam bosqinchilik va o‘g‘irlik jinoyatlari uchun sudlangan Ziyoyev Dilmurod va Nizomiddinov Behzodbeklar sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olinganlar. Mazkur jinoiy guruh a'zolariga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot choralari qo‘llanilgan. 

Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi fuqarolarga murojaat qilib, kimda-kim quyidagi suratlarda aks etgan jinoyatchilarning harakatlaridan jabr ko‘rgan bo‘lsa “102” telefon raqamiga yoki yaqin oradagi ichki ishlar idoralariga xabar qilishlarini so‘rab qoladi. 

Top