00:13 / 26.05.2017
19334

Fotojamlanma: Londonning Chelsi tumanida gullar festivali o‘tmoqda

Londonda Yevropaning eng yirik gullar festivallaridan biri – Chelsidagi gullar  ko‘rgazmasi "Chelsea Flower Show" bo‘lib o‘tmoqda. Joriy yilda bu yerda shov-shuvli shoular odatdagi 12 tadan kamroq – 8 ta bo‘ladi. Biroq ushbu kamchilikni issiqxonalar, haykallar va bog‘dorchilik bilan bog‘liq boshqa buyumlarni sotuvchi kompaniyalar qoplaydilar. 

Chelsidagi ba'zi savdo stendlari hattoki ekspozitsiyalardan biri deb yanglish qabul qilinishi mumkin. Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar bu yerda o‘z bog‘lari uchun g‘oyalar oladilar, chunki oliy sifatdagi o‘simliklarni ekish sxemalarini har kuni ham ko‘rish imkoni bo‘lavermaydi. 

 Dylan Martinez/REUTERS

Chelsidagi gullar shousi turli janrda yaratilgan bog‘lar namoyish qilingan turli hududlardan iborat: ular orasida sayr qilib, landshaft dizaynerlari san'at asarlarini yaratish uchun tabiat in'omlaridan mohirona foydalanishlarini ko‘rish va o‘z bog‘i uchun g‘oyalar olish mumkin. Joriy yilda mox, binafsharang va moviy lyupinlar (o‘tsimon o‘simlik), qarag‘aylar va tuvakda o‘suvchi o‘simliklar trenddadir. Maydoni bo‘yicha 2 ta futbol maydonini eslatuvchi 12 ming kvadrat metrlik Katta pavilonda ko‘rgazma tashkilotchilari butun dunyodan 500 dan ko‘proq yashil eksponatni joylashtirganlar. 

Ko‘rgazma 100 yildan ko‘proq tarixga ega. 2005 yildan boshlab uning davomiyligi 4 kundan 5 kungacha uzaytirilgan. Shou televideniye orqali keng yoritiladi, tashrif byuuruvchilar orasida Buyuk Britaniya qirollik uyi a'zolarini, mashhur odamlarni uchratish mumkin.

Neil Hall/REUTERS

Ko‘rgazmada, shuningdek, dunyoning yetakchi dizaynerlari, bog‘bonlari va floristlari orasida tanlov o‘tkaziladi. Tanlov shahar bog‘lari, tomlardagi bog‘lar, qishloq joylaridagi bog‘lar, suv havzalari kabi bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi. Chelsi gullar ko‘rgazmasi aniq hech kimni befarq qoldirmaydi. 

 Julian Simmonds/Pool/REUTERS
Neil Hall/REUTERS
Ben Stansall/Pool/REUTERS
Neil Hall/REUTERS
Dylan Martinez/REUTERS
Neil Hall/REUTERS
Dylan Martinez/REUTERS
Dylan Martinez/REUTERS
Neil Hall/REUTERS
Neil Hall/REUTERS
Dylan Martinez/REUTERS
Mavzuga oid
Top