19:51 / 26.05.2017
30313

"Kun" tavsiyasi: ham vaqtingizni, ham naqdingizni tejovchi internet do‘kon

Kundalik hayotda har bir inson doimo xarid qilishga ehtiyoj sezadi. Ayni damda biz informatsion texnologiyalar taraqqiyotida yashaymiz va bu davr bizdan zamon bilan hamnafas bo‘lishni talab qiladi.

Avvalari, biz xarid uchun bozorlarga borgan bo‘lsak, hozirda bozorning o‘zi yonimizga kelishi mumkin. Qanday qilib deysizmi? Albatta, onlayn do‘konlar orqali. Dunyoning barcha rivojlangan mamlakatlarida savdoning asosiy qismi internet do‘konlar orqali amalga oshiriladi.

Mamlakatimizda axborot texnologiyalari juda katta tezlikda rivojlanib bormoqda. Internet tarmoqlarining rivojlanishi, undagi xizmatlar narxining pasayishi ham aholi uchun ko‘plab yangi imkoniyatlarni ochmoqda. 

Yaqinda men ham konditsioner xarid qilish maqsadida O‘zbekistondagi internet do‘konlar faoliyati bilan tanishishga qiziqdim. Kuzatuvlar natijasida shunga amin bo‘ldimki, bizda ham bu soha ancha rivojlanmoqda.

Ayniqsa, onlayn do‘konlardan biri e'tiborimni tortdi: www.asaxiy.uz

Bu do‘kon mana bir necha yillardan beri, mamlakatimizda internet orqali savdo qilish imkoni yaratilganini isbotlab kelmoqda. Men esa mazkur onlayn-bozorning faoliyati, mijozlar uchun yaratib berilgan qulayliklarini o‘rganishga harakat qildim.

Yoz fasli kirib kelishiga sanoqli kunlar qolgani uchun jazirama kunlarda odamlarga salqin havo yetkazib beruvchi konditsionerni xarid qilib ko‘rishga urindim.

Do‘kon saytiga kirganimda, katta e'longa ko‘zimga tushdi. Undagi taklif ham ko‘zni quvontirdi: konditsioner xarid qil va sovg‘aga ega bo‘l!

Shu vaqt batafsil ma'lumot olish uchun operatorga murojaat qildim. Operator bizni qiziqtirgan barcha savollarga to‘liq javob berdi. Ma'lum bo‘lishicha, to‘lovni terminal orqali ham amalga oshirish imkoni mavjud ekan. Eslatma: to‘lov terminali orqali qilingan xarid eng arzon narxlar bilan kafolatlanadi.

O‘rganishlar natijasida shu narsaga amin bo‘ldimki, internet do‘kon orqali biz nafaqat qulay, balki hamyonbop xaridni amalga oshirishimiz mumkin ekan.

 ASAXIY.UZ orqali xarid qilishning bir necha afzalliklarini sanab o‘taman:

•  Mijozlar onlayn-xarid orqali qimmatli vaqtlarini tejashadi;
•  Internet do‘konda siz sotib olmoqchi bo‘lgan barcha mahsulot va tovarlarning xususiyatlari ko‘rsatib o‘tilgan;
•  Shuningdek, siz operatorlarga qo‘ng‘iroq qilib, batafsil ma'lumotlarni olishingiz mumkin;
•  Har qanday buyurtma uch soat ichida o‘z manziliga yetkazib beriladi, xizmat esa bepul;
•  Agarda maishiy texnikalar (konditsioner, kir yuvish mashinasi, televizor va boshqalar) xarid qilinsa, ularni maxsus ustalar o‘rnatib berishadi;
•  To‘lovni terminal orqali amalga oshirish mumkin, shuningdek, muddatli to‘lov imkoniyati (masalan, 12 oyga bo‘lib to‘lash) mavjud.
•  Mijozlarga faqat original, rasmiy kafolatga ega bo‘lgan tovarlargina taklif qilinadi.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi: O‘zbekistonda mana shunday qulay do‘kon qay tariqa ochilgan? Bu savollarga javob olish uchun do‘kon asoschisi bilan bog‘lanib, batafsil ma'lumot olishga harakat qildim.

Feruz Allayev, ASAXIY.UZ internet do‘konining asoschisi:

“Uch yil davomida Fransiyada o‘qib, yashadim. U yerdagi fransuz internet do‘konlarining faoliyati meni lol qoldirdi. Shu sababli internet do‘konlarda ishlovchi bir necha kishi bilan tanishdim. 2013 yilda O‘zbekistonga qaytib kelgandan so‘ng, savdo va turli xil sohalarda yuqori tajribaga ega bo‘lgan, malakali hamyurtlarimiz bilan O‘zbekiston bozorida yangilik qilib, texnika vositalari sotadigan internet do‘kon ochishga qaror qildik. Saytning mukammal ko‘rinishini 2014 yilning yoz oylariga kelib ishga tushirishga muvaffaq bo‘ldik. Faoliyatimizda uchrab turadigan ba'zi bir qiyinchiliklarga qaramasdan doimiy tarzda izlanishda davom etib, har yili minglab mijozlarimizning mushkulini oson qilishda yordam berib kelmoqdamiz.

Kundan-kunga xizmatlar sifati yaxshilanib bormoqda. Yaqinda www.asaxiy.uz internet do‘koni orqali onlayn to‘lovni yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Bu mijozlarimizga xarid uchun pulni to‘g‘ridan-to‘g‘ri saytning o‘zida  to‘lash imkonini beradi.

Shuningdek, saytning yangi versiyasini ishga tushirish rejalashtirilgan. BU esa mijozlarimizga kerakli ma'lumotlarni olish uchun yanada ko‘proq qulayliklar yaratadi”.

Ciz ham qulay imkoniyatdan foydalaning va ASAXIY internet do‘konining xizmatini sinab ko‘ring. Bu sizning ham vaqtingizni, ham naqdingizni tejashga va sinalgan mahsulotlarni olishingizga yordam beradi. 

Mavzuga oid
Top