18:07 / 26.05.2017
46938

Organizmni tozalashga yordam beruvchi mahsulotlar nomi ma'lum qilindi

Foto: Fotolia

Amerikalik olimlar qanday mahsulotlar organizmni tozalashga yordam berishini ma'lum qilishdi. Mutaxassislar fikricha, inson organizmi har kuni katta miqdordagi yegulikni qayta ishlovchi o‘ziga xos filtr hisoblanadi. "Ortodoks" tibbiy portalida ta'kidlanishicha, zararli moddalarning aksariyati "filtr"ni ifloslantiradi, shu bois organizmga tozalanishga yordam beruvchi mahsulotlar ro‘yxati taqdim etildi.

Sarimsoq - ana shunday mahsulotlardan biri. U biologik faol selen va oltingugurt sekretsiyasini oshirish xususiyatiga ega - bu  detoksikatsiya jarayoni (toksinlarning organizmdan yo‘qolishi) uchun eng muhim ikki komponent hisoblanadi.

Undan keyingi o‘rinda - ko‘katlar. Petrushka, ismaloq va ukrop ovqat hazm qilish tizimini tozalashni yaxshi uddalaydi. Ularda zararli bakteriyalarning ko‘payishiga to‘sqinlik qiluvchi xlorofil mavjud.

Ro‘yxatda shuningdek sitrus mevalar ham qayd etilgan. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, tongni yangi tayyorlangan sitrus meva sharbati bilan boshlash kerak, shunda organizmingiz sizdan minnatdor bo‘ladi. Tsitruslarda ko‘p bo‘lgan S vitamini olimlar tomonidan detoksikatsiyada qatnashuvchi eng muhim elementlardan biri sifatida tan olingan.

Bundan tashqari, piyoz, brokkoli, bryussel karami, sparja, lavlagi va sabzi ham organizmni tozalashda yordam beradi.

Agar ratsioningizda shu mahsulotlar bo‘lsa, oshqozon-ichak trakti soat kabi ishlaydi. Dengiz o‘simliklari juda noyob elementlar - spirulin va xlorelga boy bo‘ladi. Bu elementlarni oddiy oziq-ovqat mahsulotlarida topishning deyarli iloji yo‘q. Tibbiyot xodimlarining ta'kidlashicha, dengiz karami va boshqa suvosti o‘simliklari eng yaxshi "tozalovchi" vositalardan biridir.

Shuningdek shifokorlar zaytun yog‘i, qovoq va kungaboqar pistalari, yong‘oqlar, avokado iste'mol qilishni va ko‘k choy ichishni tavsiya qilishadi.

Mavzuga oid
Top