10:42 / 26.05.2017
14472

Foto: Ushbu talonchidan jabr ko‘rganlar IIBga murojaat qilishlari so‘raladi

2017 yil 21 may kuni soat 22-30larda muqaddam sudlangan Qodirov Jahongir Toshkent shahri Shayxontohur tumani hududida fuqaro B.ning qo‘lidagi sumkasini va ichida bo‘lgan 380 ming so‘m naqd pulni talonchilik yo‘li bilan egallab olgan. U hodisa joyidan yashirinmoqchi bo‘lgan vaqtda shu hududda xizmat vazifasini olib borayotgan ichki ishlar xodimlari tomonidan daliliy ashyo bilan qo‘lga olingan. 

Qodirovga nisbatan Shayxontohur tumani ichki ishlar boshqarmasi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi, ya'ni talonchilik alomatlari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Shu munosabat bilan Toshkent shahar IIBB ushbu fuqarodan aziyat chekkanlar bo‘lsa, “102” telefon raqamiga yoki yaqin oradagi ichki ishlar idoralariga murojaat qilishlarini so‘rab qoladi. 

Top