18:43 / 27.05.2017
12032

G7 davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga tayyor

Foto: AFP

“Katta yettilik” davlatlari Ukraina tufayli Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirishga tayyor. Bu haqda sammit yakuniy deklaratsiyasida aytildi.

"Sanktsiyalar Rossiya o‘z majburiyatlarini bajarsa, bekor qilinishi mumkin. Biroq, shunga qaramay biz qo‘shimcha cheklov choralarini ko‘rishga tayyormiz, bu agarda talab etilsa, Rossiya uchun qiymatni yanada oshiradi", - deyiladi deklaratsiyada.

Eslatib o‘tamiz, Italiyaning Taorminasida “Katta yettilik” sammiti o‘z ishini tugatdi, ishtirokchilar yakuniy deklaratsiyani qabul qilishdi.

Top