11:44 / 27.05.2017
9644

Qirg‘izistonning Tojikiston bilan chegarasida ikki bor yer silkinishi yuz berdi

Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida 27 mayga o‘tar kechasi kuchi 5 ballgacha bo‘lgan ikkita zilzila yuz berdi. Bu haqda "Interfaks" Qirg‘iziston favqulodda vaziyatlar vazirligiga asosan xabar tarqatdi.

"Qirg‘iziston ilm-fan milliy akademiyasi seysmologiya instituti ma'lumotlariga ko‘ra, 5 ballik birinchi zilzila soat 01:09 da O‘sh viloyatining Chon-Olay tumanida, Tojikiston bilan chegarada qayd etilgan", - deya aytib o‘tdi agentlik suhbatdoshi.

Yer silkinishi markazi Tojikiston hududida, O‘sh viloyatining Qora-Teyin ovulidan 20 km masofada bo‘lgan.

"Ikkinchi zilzila 07:53 da yuz berdi. Seysmostansiya epimarkazda 3,5 ballik yer silkinishini qayd etdi", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi suhbatdosh.

Uning so‘zlariga ko‘ra, zilzila markazi yana Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida bo‘lgan. Qirg‘iziston FVV dastlabki ma'lumotiga ko‘ra, qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q.

Top