17:34 / 27.05.2017
63268

Mustaqillik shoh ko‘chasida yo‘lni ajratib turuvchi metall to‘siqlar olib tashlandi (foto)

Toshkentdagi Mustaqillik shoh ko‘chasida shanba kuni harakatlanish polosalarini ajratib turuvchi metall to‘siqlarning katta qismi olib tashlandi. Ishlarga katta hajmda texnika va kommunal xizmatlar xodimlari jalb etildi.

Aynan shu xizmatlar 2015 yilning yozi va kuzida o‘nlab kilometr to‘siqlarni qurish bilan band edi, o‘shanda O‘zbekiston poytaxti Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rayotgandi.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, to‘siqlar hozircha faqat Mustaqillik shoh ko‘chasida olib tashlanmoqda hamda bu yo‘l harakati xavfsizligini oshirishga yo‘naltirilgan.

Top