00:47 / 27.05.2017
7478

Mo‘sulga aholini shahar markazini tark etishga chorlovchi varaqalar tashlandi

Foto: riafan.ru

Iroq harbiy-havo kuchlari  Mo‘sulga aholini IShID jangarilar tomondan ushlab turilgan shahar markazini tark etishga chorlovchi varaqalar tashlandi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.  

Varaqalarda aholidan xavfsiz yo‘laklardan shaharni tark etishi so‘ralgan. Ularda harbiylar yaqin orada bu hududga hujum qilishi aytilgan.

Save the Children xalqaro nohukumat tashkiloti Iroqning bu harakatidan xavotir bildirdi, chunki agar jangovar harakatlar boshlansa, aholi katta talofat ko‘rishi mumkin. 

Mo‘sulni ozod etish bo‘yicha operatsiya 2016 yil oktabrdan beri olib borilmoqda. Mart oyida Iroq hukumat kuchlari shahardagi terrorchilar to‘liq qurshab olingani, ular Suriyadagi jangarilardan uzib qo‘yilganini ma'lum qilgandi.       

Mavzuga oid
Top