10:51 / 27.05.2017
12240

Ronaldu soliq idoralariga 6 mln yevroni ixtiyoriy ravishda to‘lab berdi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ixtiyoriy tarzda 6 million yevro mablag‘ni to‘lab berdi. U Ispaniya moliya vazirligi va soliq xizmati tomonidan 15 mln. yevrolik soliqlarni to‘lamaganlikda ayblangandi, deb xabar bermoqda Marca.

Ronaldu talab etilayotgan pullarni ko‘ngilli ravishda to‘lab berib, jinoiy ish ochilishi va jinoiy ta'qibdan qutulib qolishi mumkin. Aks holda, futbolchi yirik jarimaga tortiladi va besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi ehtimolga yaqin.

Soliq idorasi ma'lumotiga ko‘ra, Ronaldu 2014 yilda imidj huquqlarini sotishdan olingan daromadlardan soliq to‘lamagan.

Mavzuga oid
Top