09:26 / 28.05.2017
14094

Koinotda N6946-BH1 yulduzi yo‘qolib qoldi

Falakdagi N6946-BH1 yulduzi ko‘rinmay qoldi. Bu haqda NASA agentligi ma'lum qildi

Amerikalik astronomlar bir necha yil davomida yulduzni kuzatib borganlar va u o‘ta yangi yulduz sifatida portlaydi, deb ishonib kelganlar. Biroq yulduzning yo‘qolib qolishi olimlarni o‘ylantirib qo‘ydi. Ular yulduz bilan nima sodir bo‘lgani haqida bosh qotira ketishdi.

Foto: NASA

Yulduz yo‘qolishining haqiqatga eng yaqin taxmini gravitatsion kollaps – yulduzning qora tuynukka aylanishi hisoblanadi.

NASA saytida aytilishicha, yulduz Yerdan 22 mln yorug‘lik yili uzoqligida NGC 6946 spiral galaktikasida joylashgan bo‘lgan. Bu yulduz Quyoshdan 25 marta og‘irroq hisoblangan.

Mavzuga oid
Top