17:04 / 28.05.2017
13995

Manchesterdagi klub shov-shuvli transferga tayyorlanmoqda

«Manchester Siti» «Monako»ga Kilian Mbappe bo‘yicha taklif yuborgan. Telefoot tarqatgan xabarga ko‘ra, manchesterliklar jamoasi ushbu 18 yoshli hujumchi uchun 130 million funt sterling to‘lashga tayyor.

Bu orqali «shaharliklar» ushbu futbolchi uchun «Real»ni o‘z taklifi miqdorini oshirishga majburlashi mumkin. Avvalroq madridliklar jamoasi Mbappe uchun 120 million yevro taklif qilgan va rad etilgandi.

Ushbu futbolchi uchun birinchi bo‘lib «Liverpul» ilk taklifni bildirgandi (70 million yevro).

«Monako» ilk taklifni rad etdi

Shuningdek, «Yuventus» ham unga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Mbappe uchun yana bir klub kurashga qo‘shildi

Yakunlangan mavsumda 18 yoshli Kilian Mbappe «Monako» safida barcha turnirlar doirasida 44 uchrashuvda maydonga tushdi va 26 gol urib, 14 golga uzatma berdi.

Top