21:34 / 28.05.2017
6607

"Selta"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

"Barselona" klubi bosh murabbiyi Luisa Enrike yordamchisi Xuan Karlos Unsue "Selta"ga bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma'lum qildi. 

50 yoshli Unsue bu lavozimda "Selta"ni 2014 yildan beri boshqarib kelgan va klub bilan shartnomani uzaytirishni istamagan Eduardo Beritstsoning o‘rnini egalladi. Unsuening klub bilan shartnomasi 2 yilga mo‘ljallangan.

Avvalroq ispan OAV Unsueni keyingi mavsumgacha "Barselona"ni boshqaradigan bosh murabbiy lavozimiga asosiy nomzodlar qatorida keltirayotgandi.   

Top