17:50 / 28.05.2017
10478

Tramp o‘zining ilk xorijiy safariga baho berdi

Foto: TASS

AQSh prezidenti Donald Tramp davlat rahbari sifatida amalga oshirgan ilk xorijiy safari Amerika uchun katta muvaffaqiyat bo‘lganini qayd etdi.

«Yevropadan endi qaytib turibman. Bu safarim Amerika uchun katta yutuq bo‘ldi. Qiyin ish, ammo katta natijalar!» — deya yozgan u o‘z tvitterida.

AQSh prezidenti 20-28 may kunlari davomida Saudiya Arabistoni, Isroil, Belgiya, Vatikan va Italiyada bo‘lib, turli darajadagi sammitlarda ishtirok etdi va shartnomalar imzoladi.

Mavzuga oid
Top