08:34 / 28.05.2017
8485

Uber rahbarining onasi baxtsiz hodisa oqibatida halok bo‘ldi

Foto: AP

Uber taksi xizmati bosh direktori Trevis Kalanikning onasi Bonni Kalanik AQShning Kaliforniya shtatida baxtsiz hodisa oqibatida halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda The Associated Press axborot agentligi. 

Ma'lum qilinishicha, Bonni Kalanik va uning turmush o‘rtog‘i Donald Kalanik Payn Flet Leyk suv ombori bo‘ylab qayiqda sayr qilishayotganda ularning qayiqlari qoyaga borib urilgan. Buning natijasida Trevis Kalanikning onasi halok bo‘lgan, otasi esa og‘ir jarohat olgan. Ta'kidlanishicha, Donald Kalanik juda og‘ir ahvolda.

Top