15:34 / 29.05.2017
4329

YeI Suriya hukumatiga qarshi sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi

Foto: AP

YeI Suriyaga nisbatan jazo choralarini 2018 yil 1 iyuniga qadar uzaytirdi va sanksiya ro‘yxatiga 3 vazirni ham kiritdi, deyiladi YeI kengashi bayonotida. 

"Kengash 2017 yil 29 may kuni Suriya tuzumiga qarshi cheklov choralarini 2018 yil 1 iyunga qadar uzaytirishga qaror qildi", — deyiladi hujjatda. 

Unda ta'kidlanishicha, "YeI sanksiyalar ro‘yxatiga Suriya hukumatining yana 3 vazirini kiritgan".

Shu bilan yangilangan ro‘yxatda 240 nafar shaxs va 67 ta tashkilot nomi qayd etilgan. Ular Suriya aholisiga nisbatan qatag‘on amaliyotlarini bajargani uchun YeIga kira olishmaydi va ularning tashkilot hududidagi har qanday mablag‘i muzlatiladi. 

Mavzuga oid
Top