11:18 / 29.05.2017
12055

Filippinda IShID egallab olgan shahardagi janglar vaqtidagi qurbonlar soni ortmoqda

Foto: CNN

IShID ta'siridagi kuchlar egallab olgan Filippinning Maravi shahrida hukumat kuchlari va jangarilar o‘rtasida davom etayotgan janglar vaqtida 103 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda CNN telekanalida xabar tarqatildi.

Filippin qurolli kuchlari vakilining so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtga kelib 61 terrorchi o‘ldirilgan, tinch aholi vakillaridan 19 kishi halok bo‘lgan, shuningdek, 11 harbiy hamda 4 politsiyachi qurbon bo‘lgan.

Filippin harbiylari va jangarilar o‘rtasidagi janglar 23 may kuni boshlangandi. IShID bilan aloqador «Maute» guruhi faollashishi tufayli Mindanao viloyatida favqulodda holat e'lon qilindi.

Hukumat Mindanao provinsiyasidagi terrorchilar yetakchilaridan biri Isnilon Xapilonni qo‘lga olishga harakat qilgani tufayli bu yerda vaziyat murakkablashib ketdi.

Vaziyat murakkab tus olgan Maravi shahrining 200 mingga yaqin aholisi 25 may kuni mahalliy vaqt bilan 13.00 ga qadar o‘z uylarini tark etishi lozim edi. Shu kuni armiya shahar ko‘chalarini tozalashga kirishdi.

Aytilishicha, jangarilar orasida yana bir ekstremistik guruh — «Abu Sayyaf» yetakchilaridan biri ham bor.

Top