11:13 / 29.05.2017
14520

Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘yish uchun ming dollar so‘ragan firibgar ushlandi

2017 yilning 26 may kuni Yunusobod tumani hududida, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi «tezkor-qidiruv faoliyat to‘g‘risidagi qonun»ga asosan tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi. Uning natijasiga ko‘ra, Utbasarov Alisher Ruzbayevich firibgarlik yo‘li bilan fuqaro Baxritdinov Akbardan (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) uni ichki ishlar idoralari safiga qabul qilinishida yordam berishi uchun 1000 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘larini qo‘lga kiritgan vaqtda, daliliy ashyo bilan qo‘lga olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Utbasarovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, “102” telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar idoralariga murojaat etishlari mumkin.

Top