00:57 / 29.05.2017
4861
Manchini "Zenit" bilan shartnoma imzolagani Moskvaga yo‘l oldi

"Chempionat" portalining ma'lum qilishicha, italiyalik murabbiy Roberto Manchini va uning vakillari Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi bilan shartnoma imzolagani Moskvaga yo‘l oldilar. Shartnoma yaqin fursatlarda rasman imzolanadi.

28 may kuni "Zenit" klub bosh murabbiyi Mirchu Luchesku bilan shartnomani muddatdan avval bekor qilganini e'lon qilgandi. 

Top