18:05 / 29.05.2017
4025

Manchini "Zenit" bilan shartnoma imzolash uchun Sankt-Peterburgga keldi

Roberto Manchini "Zenit" bilan shartnoma imzolash uchun Sankt-Peterburgga keldi. Bu haqda Rossiyaning "Chempionat" nashri xabar berdi. Avvalroq OAVda italiyalik mutaxassis "Zenit"da yiliga 5-6 mln yevro olishi haqida xabar tarqalgan edi. 

52 yoshli mutaxassis 30 yoki 31 may kuni "Zenit" bosh murabbiyi sifatida tanishtiriladi. 

Manchini 28 may kuni o‘z lavozimidan chetlatilgan Mircha Lucheskoning o‘rnini egallaydi. 

Top