17:16 / 29.05.2017
5050

Ter Shtegen "Barselona" bilan shartnomasini uzaytirdi

"Barselona" jamoasi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti ma'lum qildi. 25 yoshli darvozabon bilan 2022 yil yoziga qadar shartnoma imzolandi. Ter Shtegenning amaldagi shartnomasi 2019 yil 30 iyunga qadar belgilangan edi. 

Shartnomani bekor qilganlik uchun tovon puli 180 mln yevro etib belgilangan. 

Ter Shtegen 2014 yilda "Borussiya Myonxengladbax"dan "Barselona"ga kelib qo‘shilgan edi. Darvozabon hozirga qadar kataloniyalik tarkibida 93ta rasmiy o‘yinda maydonga tushgan. 

Top