09:57 / 29.05.2017
24172

TPS’dan “Qo‘shiling” yangi tarif rejalarida internetga soat 00:00 dan 09:00 gacha cheklovsiz kirish mumkin

Faqatgina kunduzi ishlatilgan trafik uchun pul to‘lang.

Internet tezligi - 10mb/s gacha
Tas-ix tezligi - 50mb/s gacha
Ichki resurslardagi tezlik - 100mb/s gacha
Kunduzgi trafik - 44000mb gacha

Har doim kishi uchun o‘zini anglash va o‘rnini topish muammosi eng muhimlardan biri bo‘lib kelgan, biroq bu talab turli davlat va xalqlar, davrlarda yo‘nalish, shakl hamda mazmun jihatidan turlicha qondirilgan.

Zamonaviy jamiyatning o‘ziga xos eng muhim jihatlaridan biri internet bo‘lib, unda qator o‘ziga xos jihatlar, sabablar, ijod, ish va faoliyat turlari: kommunikativ, ishbilarmonlik, ma'rifiy, ko‘ngilochar, o‘yin kabilar bor. Global tarmoqda asosan o‘smirlar va yoshlar faol bo‘lib, ular har kuni internetda ko‘p vaqtni o‘tkazadi.

Internet dunyoqarashning shakllanishi, reallikka bo‘lgan munosabatga kuchli ta'sir ko‘rsatadi. Shu orqali xatti-harakat modeli ham kelib chiqadi, biroq internet yaqindagina keng ommani qamrab olgani tufayli, uning o‘sib kelayotgan avlodga bo‘lgan ta'sirini o‘rganuvchi yirik tadqiqotlar hozircha yo‘q. Shu sababdan shaxsning internet-makonda bo‘lishiga doir barcha xususiyatlar, jumladan, o‘zini o‘zi anglash muammosini ishlab chiqish zarur.

Bugungi kunda Internetga kirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi ko‘plab kompaniyalar bor. Eng zamonaviy texnologiyalar, qulay tarif rejalari va xizmatlar segmentining yaxshi o‘ylab chiqilgani – aynan shular orqali kompaniyaning raqobatbardoshligi farqlanadi.

Bugun biz O‘zbekistondagi eng yetakchi Internet-provayderlardan biri – TPS haqida gaplashamiz. 17 yildan ortiq vaqt davomida respublika bo‘ylab xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanayotgan kompaniya telekommunikatsiyalar bozoriga muvaffaqiyatli kirdi, u yerda ishonchli va sifatli sherik sifatida barqaror o‘rinni egalladi.

TPS’ning alohida jihatlaridan biri tarif rejalarining qismlarga bo‘linishidir. Kompaniyaning ehtimoliy har bir abonenti o‘zi uchun narx/sifat/trafik/tezlik bo‘yicha qulay tarif rejasini topishi mumkin.

TPS abonenti sifatida – bonuslar, aksiyalar va sovg‘alar, tanlovlar hamda xayriya kampaniyalariga qo‘shilish, ichki resurslar sanalgan va mamlakatdagi eng yaxshi media-portallardan ikkitasiga kirish (player.uz va topmusic.uz), kechayu kunduzlik texnik qo‘llab-quvvatlash va sifatli internet egasiga aylanish mumkin.

Kompaniya internet-foydalanuvchilar talablariga moslashish uchun “Qo‘shiling” tarif rejalarini yangiladi, shu bilan birga, cheklovsiz tungi rejalar kiritildi.

Yangi tarif rejalari abonentlarning aksariyatiga juda yoqdi, shuningdek, yangi foydalanuvchilar e'tiborini jalb qilib, kompaniyaning  Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ko‘plab ijobiy izohlarga sabab bo‘ldi.

FTTB texnologiyasi bo‘yicha tarif rejalari bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:

ADSL texnologiyasi bo‘yicha tarif rejalari bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:

Reklama huquqi asosida

Top