18:12 / 29.05.2017
9164

Tramp: KXDR Xitoyga hurmatsizlik qildi

Foto: EPA

AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterdagi sahifasida KXDR hukumati tomonidan ballistik raketaning uchirilishi haqida o‘z fikrini bildirdi. 

«Shimoliy Koreya o‘z qo‘shnisi, Xitoyga, yana bir ballistik raketani uchirib katta hurmatsizlik qildi», - deya yozdi u.

Shu bilan birga, prezidentning ta'kidlashicha, «Xitoy juda qattiq harakat qilmoqda». U Xitoyning KXDR bilan muloqot imkoniyatini ta'minlash borasidagi va'dasini nazarda tutgan.

Mavzuga oid
Top