08:49 / 30.05.2017
8504

AQShdagi beysbol uchrashuvida ommaviy mushtlashuv yuz berdi (video)

AQShda "San-Frantsisko Djayyents" va "Vashington Neshionals" beysbol jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv davomida sportchilar orasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi. Bu haqda The New York Times nashri xabar bermoqda

Mushtlashuv Vashington jamoasining to‘pni qaytaruvchi a'zosi Brays Xarper sababli boshlangan. Bunga esa raqib jamoa pitcheri Xanter Striklendning otgan to‘pi Xarperning oyog‘iga tegishi sabab bo‘lgan. 

Ushbu mushtlashuv aks etgan videoda oyog‘iga to‘p tekkanidan darg‘azab Xarper bitani chetga uloqtirib, Striklend tomon chopayotgani, so‘ngra esa ikki beysbolchi yuzlariga musht tushirib ketishganini ko‘rish mumkin. Bir necha soniya ichida mushtlashuvga jamoalarning qolgan a'zolari ham qo‘shilib ketishgan.   

Sportchilar tinchlantirilgandan keyin uchrashuv davom ettirilgan. Uchrashuvda "Vashington Neshionals" 3:0 hisobida g‘alaba qozongan.

Mavzuga oid
Top