22:26 / 30.05.2017
29190

"Lukoyl" O‘zbekistonda AYoQShlar sotib olmoqchi

Rossiyaning "Lukoyl" kompaniyasi yaqin orada O‘zbekistonda AYoQShlar sotib olish bo‘yicha bitimga erishishi mumkin. Bu haqda "O‘zneftmahsulot" kompaniyasida ma'lum qilingan.

"Lukoyl"ning O‘zbekistonda AYoQShlar tarmog‘ini yaratishi haqidagi rejalari fevral oyida ma'lum bo‘lgandi. O‘shanda gap UzGazOil’ tegishli AYoQShlarni sotib olish haqida ketgan. Hozirda bu AYoQShlarning barchasi "O‘zneftmahsulot" hisobida turadi.

Manbaning ma'lum qilishicha, Rossiya kompaniyasi bilan muzokaralar yakunlovchi bosqichda turibdi. Yaqin kunlarda tomonlar bitim bo‘yicha yakuniy qarorga kelishadi. Bitimning tafsilotlari oshkor qilinmayapti.  

"Lukoyl" Toshkentda bitta AYoQSh barpo etdi. Biroq u hali ishga tushmagan. Agar AYoQSh ishga tushsa, haydovchilar yuqori sifatdagi dizel yonilg‘isi, Yevro-5 standartiga mos keluvchi AI-92, AI-95 benzinlarini xarid qila oladilar. E'tiborlisi, AYoQSh uchun yonilg‘i Rossiyadan keltiriladi.

Top