18:34 / 30.05.2017
7963

Olimlar: sayyoraning yirik shaharlarida o‘rtacha harorat oshishi kutilmoqda

Foto: Flickr

Niderlaniyadagi atrof-muhitni tadqiq qilish instituti olimlarining ma'lum qilishicha, sayyoraning eng yirik shaharlaridagi o‘rtacha harorat 2100 yilga kelib Tselsiy bo‘yicha 8 darajaga oshishi mumkin.

The Guardian’ning xabar berishicha, bunga global isish va atrof-muhitning o‘ziga xos jihatlari uyg‘unligi sabab bo‘lishi mumkin: yirik shaharlarda katta maydonlar asfalt bilan qoplangan, tabiiy ravishda atrofni sovutish vazifasini o‘taydigan ko‘llar va o‘simliklar esa ancha kamdir.

Olimlarning ogohlantirishicha, o‘rtacha haroratning oshishi iqtisodiy oqibatlarga olib keladi. Xususan, yirik va aholi zich bo‘lgan shaharlarda asr oxiriga kelib YaIM 10,9 foizga qadar tushib ketishi mumkin.

Bundan tashqari, sayyora ushbu davr mobaynida 5 foizga qizib ketishi ehtimoldan xoli emas.

 

Mavzuga oid
Top