11:41 / 30.05.2017
5032

Panama sobiq diktatori Manuel Norega vafot etdi

Foto: AP

Panama sobiq diktatori Manuel Norega kasalxonada 83 yoshida vafot etdi. U miyadagi o‘simtani olib tashlash bo‘yicha jarrohlik amaliyotidan o‘tkazilgandi, deb xabar bermoqda Frans Press Panama hukumati vakiliga asosan.

"Manuel Norega bugun kechasi vafot etdi", - deya ma'lum qildi Panama hukumati vakili Manuel Dominges.

Mart oyida Noreganing qizi Tais otasi o‘simtani olib tashlash bo‘yicha jarrohlik amaliyotidan so‘ng og‘ir ahvolda qolayotgani haqida xabar bergandi.

Norega 1990 yilda Amerikaning Panamaga bostirib kirishi vaqtida hibsga olingandi, 1992 yilda esa tovlamachilik va poraxo‘rlik uchun 40 yillik qamoqqa hukm etildi. Keyinchalik Noreganing muddati o‘zini yaxshi tutgani sabab qisqartirildi – avvaliga 30 yilga, keyin esa 17 yil va olti oygacha. Shundan so‘ng Noregani Fransiyaga jazo muddatini o‘tash uchun topshirishdi, u bu davlatda kokainni yetkazib berishdan olingan 2,3 million yevro daromadni yuvganlik bo‘yicha sud qilingandi, biroq keyinchalik u yana Panamaga qaytarildi.

Mavzuga oid
Top