16:30 / 31.05.2017
17031

Boriy Alixonov: O‘tgan davr mobaynida Orol dengizi sathi 29 metrga pasaydi

Foto: Xalqaro press-klub

Xalqaro Press-klubning bahorning so‘nggi kunida o‘tkazilgan "Ekologiya haftaligi-2017" ochilish marosimiga bag‘ishlangan sessiyasida bugungi kundagi eng katta muammolardan biri - toza ichimlik suvi ekanligi qayd etildi. Shu o‘rinda Abu Rayhon Beruniyning "Agar insonlar tabiat boyliklariga bepisandlik bilan qarashsa, bir kun kelib, tabiat ham xuddi shunday javob qaytaradi" degan so‘zlari yodga olindi. 

Tadbirda ishtirok etgan "Kun.uz" muxbiriga ko‘ra, yig‘ilishda og‘riqli mavzu - Orol dengizi muammosi tilga olindi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Boriy Alixonovning ma'lum qilishicha, o‘tgan davr mobaynida Orol dengizi sathi 29 metrga pasaygan. U yerdagi 20 ta endemik baliq turidan birortasi qolmagan. Orol dengizining o‘rniga Orolqum paydo bo‘lgan. Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, Orol muammosi bo‘yicha 4 milliard 8 millionlik loyiha amalga oshiriladi. BMT shafeligida Xalqaro Konventsiya ishlab chiqiladi va qabul qilinadi. 

BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili vazifasini bajaruvchi Farid Karaxanovning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi o‘n yilliklarda ekologiyaga jiddiy ziyon yetkazilgan. Shunga ko‘ra, BMT Taraqqiyot Dasturi uch yo‘nalish bo‘yicha ish olib borishni o‘z oldiga maqsad qilgan:

1. Iqlimning o‘zgarishi;
2. Tabiiy resurslarni saqlab qolish;
3. Tabiiy ofatlarning oldini olish.

Bundan tashqari, o‘simlik va hayvonot olamiga doir hujjatlar to‘plami tayyorlanayotgani, bu masala bo‘yicha Qonunchilikka o‘zgarishlar kiritilishi ta'kidlandi.

Top