09:24 / 31.05.2017
5824

Duterte Filippindagi keskin vaziyat sababli Yaponiyaga safarini bekor qildi

Foto: Getty Images

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte 5-6 iyunga belgilangan Yaponiyaga safarini bekor qildi. U Tokiodagi Osiyo mintaqasi davlatlarini rivojlantirish bo‘yicha anjumanga kelmoqchi edi, biroq Filippin janubida vaziyat keskinlashgani sababli uyda qolishga qaror qilgan. Bu haqda SunStar nashri xabar bermoqda

Eslatib o‘tamiz, Filippinda hukumat kuchlari va terrorchilar o‘rtasidagi qarama-qarshilik 23 may kuni yanada keskinroq tus olgan. Jangarilar Mindanao orolida harbiylarga hujum qilishgan.

Duterte bundan Moskvadagi safari vaqtida xabar topgan. U Mindanao viloyatida harbiy holat tartibini kiritishga buyruq bergan va safarini muddatdan avval yakunlashga qaror qilgan. Rossiyada Dutertening bu qaroriga tushunish bilan munosabatda bo‘lingan va Putin Duterteni belgilangan kundan ikki kun avval qabul qilishga qaror qilgan.

Bugunga kelib jangarilarning xunrezliklari va ularga qarshi olib borilayotgan janglar oqibatida 103 fuqaro halok bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top