07:55 / 31.05.2017
9828

Grizmann kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi

«Atletiko»ning fransiyalik hujumchisi Antuan Grizmann klub rahbariyatiga jamoani tark etish istagi borligini ma'lum qilgan. Bu haqda Deportes Cope jurnalisti Antonio Ruiz xabar berdi.

26 yoshli Grizmannga so‘nggi vaqtlarda «Manchester Yunayted» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Atletiko» esa uni boshqa jamoaga 85 mln funt evaziga qo‘yib yuborishi mumkinligini bildirgan. Avvalroq, Grizmann «MYu»ga o‘tish imkoniyatlarini 60 foiz deb baholagani haqida xabarlar chiqqandi, biroq keyinchalik fransuz futbolchisi bu gaplarni inkor etib chiqqan. Ingliz klubi 26 yoshli futbolchiga 14 mln yevro maosh to‘lamoqchi.

Ispaniya chempionatining o‘tgan mavsumida Grizmann 36 o‘yinda maydonga tushib, 16ta gol urgan va 9ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Mavzuga oid
Top