12:43 / 31.05.2017
16298

IShID "asimmetrik urush" olib borishga urinmoqda

Foto: AP

IShID terrorchilik guruhi bevosita terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etayotgan davlatlar hududida "asimmetrik urush" (ikki urushayotgan tomonlar kuchi mos kelmaydigan urush) olib borishga urinmoqda. MDH Aksilterror markazi rahbari, politsiya general-polkovnigi Andrey Novikov shunday fikrni bildirdi.

Dushanbe shahrida Tojikiston milliy xavfsizlik qo‘mitasi hamkorligida MDH ATMning 2 kunlik yig‘inlari boshlandi. Unda, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Armaniston, Ozarboyjon va Belorussiya xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlarining aksilterror bo‘linmalari rahbarlari ishtirok etmoqda. Shu bilan birga, MDH ijro organlari, ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti, YeXHT vakillari ham qatnashmoqda. 

"IShIDning asosiy boshpanalariga bosim kuchayishi munosabati bilan ular urush olib borishning qo‘poruvchilik-terrorchilik usullariga murojaat qilmoqda. Bu holat asosiy ziddiyatlar davom etayotgan hududlarda ham, aksilterror amaliyotlarda faol qatnashayotgan davlatlar hududida ham kuzatilayapti. IShID o‘z nazoratidagi hududlarni boy berib, "xalifalik" g‘oyasidan voz kechgan taqdirda ham terror tahdidlari saqlanib qoladi. IShIDning jahon jihod harakatida yetakchilik qilishga urinishi dunyoning turli mintaqalarida yangi terrorchilik tahdidlari paydo bo‘lishiga, bevosita terrorizmga qarshi kurashayotgan mamlakatlar hududlarida "asimmetrik urush"ni tashkil etishiga olib keladi", — degan Novikov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriyada allaqachon o‘zini namoyon etayotgan bunday "asimmetrik urush" olib borish, unga qarshi harakat qilishning yetarli tizimli usullarini qidirishga majbur qildi".

"Zamonaviy voqealar rivoji shunday taxmin qilishga asos bo‘lmoqdaki, Markaziy Osiyo davlatlarining birortasida operativ vaziyat avj olgudek bo‘lsa, gap birinchi galda, MDH doirasidagi qo‘shma harbiy-politsiya amaliyotlari haqida boradi", — deb qayd etgan MDH ATM rahbari. 

31 may kuni Tojikistonda "Dushanbe-Aksilterror-2017" — harbiy o‘quv mashg‘ulotlari esa, MDHga a'zo davlatlar terrorga qarshi kurash Markazi tomonidan Hamdo‘stlik qurolli kuchlarini jalb qilgan holda ilk marotaba o‘tkazilmoqda. 

Top