18:07 / 31.05.2017
7217

Yil boshidan beri Toshkentda yuridik shaxslar mashinalari ishtirokidagi YTHda 100dan ortiq kishi jabrlandi

Foto: "Kun"

Joriy yilning 1 yanvaridan 29 mayiga qadar Toshkentda yuridik shaxslar mashinalari ishtirokida 98 ta YTH yuz berdi, natijada 10 kishi halok bo‘ldi va 116 nafari jabrlandi. Bu haqda Uz24.uz poytaxt YHBBga asoslanib xabar tarqatdi.

Eng ko‘p falokatlar Yunusobod tumani – 20 (1 inson halok bo‘lgan, 24 nafari jabrlangan), Chilonzor tumani – 17 (2 inson halok bo‘lgan va 27 nafari jabrlangan) hamda Mirzo-Ulug‘bek tumanida yuz bergan – 11 (1 inson halok bo‘lgan va 13 nafari jabrlangan).

2016 yilning shu davri bilan taqqoslaganda yuridik shaxslar mashinalari ishtirokidagi YTH soni biroz kamaygan, biroq Chilonzor va Yunusobod tumanlarida yo‘l-transport hodisalarining o‘sishi 240 foiz va yil boshidan beri 66 foizga ko‘paygan.

Top