10:32 / 31.05.2017
7537

«Paxtakor» javob o‘yinida ham «Nasaf»ga yutqazib, O‘zbekiston Kubogini tark etdi

Foto: O‘FF matbuot xizmati

30 may kuni O‘zbekiston Kubogining nimchorak finalida javob uchrashuvlari o‘tkazildi va keyingi bosqichga yo‘llanma olgan uch klub nomi ma'lum bo‘ldi.

Bir hafta muqaddam o‘z maydonida «Nasaf»ga 0:3 hisobida yengilgan «Paxtakor» Qashqadaryoga safar qildi. Javob o‘yinida ham toshkentliklar minimal hisobda (0:1) mag‘lub bo‘ldi va turnirni tark etdi.

Ulug‘bek Baqoyev boshchilik qilayotgan «Buxoro» futbolchilari Jizzaxda «So‘g‘diyona» darvozasiga javobsiz 3ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Jamoalarning Buxoroda kechgan birinchi o‘yinida 1:1 hisobi qayd etilgandi.

Bekobodning «Metallurg» klubi esa  «Qo‘qon—1912» to‘sig‘idan o‘ta olmadi. Birinchi o‘yinda safarda qo‘qonliklarga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan jamoa, javob o‘yinida 3:2 hisobidagi g‘alabaga erishdi, ammo bu chorak final yo‘llanmasi uchun yetarli bo‘lmadi.

1/8 finalning qolgan besh uchrashuvi bugun, 31 may kuni o‘tkaziladi. 

O‘zbekiston kubogi
1/8 final. Javob o‘yinlari
30 may, seshanba

«Nasaf» — «Paxtakor» 1:0
Gol: Bahrom Abdurahimov, 64 (1:0).
Dastlabki uchrashuv: 3:0

«Metallurg» — «Qo‘qon—1912» 3:2
Gollar: Timur Usmonov, 24 (1:0). Darko Gojkovich, 61 (1:1). Nosir Otaqo‘ziyev, 73 (1:2). Doston Tursunov, 82-pen (2:2). Doston Tursunov, 89-pen (3:2).
Dastlabki uchrashuv: 0:2

«So‘g‘diyona» — «Buxoro» 0:3
Gollar: Akobir To‘rayev, 30 (0:1). Ivan Nagayev, 62 (0:2). San'at Shixov, 75 (0:3).
Dastlabki uchrashuv: 1:1

31 may, chorshanba
«Qizilqum» — «Lokomotiv» (0:5)
«Olmaliq» — «Dinamo» (1:1)
«Mash'al» — «Yozyovon-Lochinlari» (4:0)
«Navbahor» — «Neftchi» (0:1)
«Bunyodkor» — «Sho‘rtan» (2:0)

Top