19:37 / 31.05.2017
11743

Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston prezidentiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘aniga Qobul shahri markazida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab begunoh kishilarning nobud bo‘lgani va og‘ir jarohat olgani munosabati bilan hamdardlik maktubi yo‘lladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlatimiz rahbari Afg‘oniston Prezidenti va birodar Afg‘oniston xalqiga chuqur ta'ziya izhor etdi. Qurbon bo‘lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik so‘zlarini yetkazib qo‘yishni so‘radi. Jarohat olganlarga tez fursatlarda sog‘ayib ketishlarini tiladi.

Top