18:57 / 01.06.2017
10160

Ayol kulgani va aksirgani tufayli ikki marta bo‘ynini sindirib oldi

Buyuk britaniyalik ayol Monik Jyeffri kulayotgan paytida umurtqa pog‘onasini shikastlab oldi. U besh yil avval xuddi shunday jarohatni aksirganda ham olgandi, deb xabar bermoqda Daily Mirror nashri.

Ayolning aytishicha, ish joyida bo‘yni og‘rib qolgan. U taxminan bir soatdan so‘ng hamkasbining hazili tufayli kulib yuborgan va qisman falajlanib qoldi. Kasalxonada u tomografiya qilindi hamda yana bo‘yin umurtqalarini shikastlagani ma'lum bo‘ldi.

Ilk shunday hodisa besh yil muqaddam, Jyeffri karavotda yotib, aksirib yuborganida yuz bergan. Boshni keskin harakatlantirish ikkita bo‘yin umurtqasiga zarar yetkazgan. U o‘rnidan tura olmagan, biroq turmush o‘rtog‘iga sms yuborgan. Ayol 14 haftani bo‘ynida maxsus moslama bilan o‘tkazishga majbur bo‘ldi.

«Endi hech qachon kulmayman va aksirmayman! – deydi Jyeffri. – Endi men ehtiyot bo‘lib yurishim kerak».

 

Mavzuga oid
Top