19:39 / 01.06.2017
10858
Yangi ko‘zoynak yaratildi: bortkuzatuvchilar yo‘lovchilar haqida ko‘proq narsani bilishi mumkin

Air New Zealand aviakompaniyasi tomonidan HoloLens platformasi negizida “styuardessa ko‘zoynagi” nomli gadjyet ishlab chiqildi. U qo‘shimcha reallikka ega bo‘lib, Microsoft tomonidan taklif etilmoqda. Ehtimol, kelajakda barcha bortkuzatuvchilar shunday ko‘zoynaklarni oladi, hamda o‘shanda avialaynerlardagi xizmat ko‘rsatish darajasi yanada oshadi.

Shuni ta'kidlab o‘tish joizki, bortkuzatuvchi bunday ko‘zoynakda aviayo‘lovchiga bir marotaba qaraganda, u haqda ko‘plab ma'lumotlarni olishi mumkin: ismi, yoshi va tashrif maqsadidan tashqari, yo‘lovchi tomonidan qayd etilgan turli odatlari, tibbiy ma'lumotlari, nimalardan qo‘rqishi va hattoki styuardessa bilan ichimlik haqida so‘nggi bor qachon suhbatlashgani haqida ham. Umuman olganda, bunday ma'lumotni hozir ham bort kompyuteri orqali olish mumkin, biroq u “styuardessa ko‘zoynaklari” ekraniga darhol chiqarilganida, xodimlarga ancha ko‘maklashadi.

Hozircha texnologiya tajribadan o‘tkazilmoqda, bundan tashqari, u ancha qo‘pol ko‘rinishga ega bo‘lib, samolyotning biroz torroq salonida qo‘llanilishi murakkablik keltirib chiqaradi, biroq bular texnik jihatlar. Asosiysi, mutaxassislar ushbu sohada faoliyat olib boruvchilar ishini yanada yengillashtirishni maqsad qilishgan.

Top