Jahon hamjamiyatining asosiy muammolari - ishonchsizlik, buyruqbozlik va ksenofobiya. Bu haqida BMT bosh kotibi Antoniu Gutterishning so‘zlariga asoslanib, TASS xabar berdi.
"O‘ylashimcha, eng katta muammo - ishonchning yo‘qligida. Ikkinchi muammo - bu, albatta, buyruqbozlik va uchinchisi - zamonaviy dunyoda kuzatilayotgan populizm, irqchilik, ksenofobiya tendensiyalari", - deydi Gutterish.
Shuningdek u bugungi kunda BMT terrorizmga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan bir qator chora-tadbirlarni ko‘rayotganini ta'kidladi.