23:29 / 01.06.2017
7873

Mo‘sulda mingdan kamroq jangari qolgani ma'lum qilindi

Foto: armenpress.am

Iroqning Mo‘sul shahrida IShIDning mingdan kamroq jangarisi qoldi. Bu haqda 1 iyun kuni IShIDga qarshi kurashayotgan xalqaro koalitsiyaning rasmiy vakili polkovnik Rayan Dillon ma'lum qildi. 

"Bizning baholashimizcha, ayni vaqtda Mo‘sulda mingdan kamroq jangari qolgan", deb aytdi Dillon jurnalistlarga.  

IShIDning Iroqdagi eng yirik qo‘rg‘oni hisoblangan Mo‘sulni ozod qilish bo‘yicha operatsiya 2016 yil oktabridan beri davom etib kelmoqda.  

O‘tgan hafta iroqlik harbiylar Mo‘sulning g‘arbidagi jangarilar nazoratida bo‘lgan oxirgi tumanlarning shturm qilinishi boshlanishi haqida ma'lum qilishgandi.

Mavzuga oid
Top