12:30 / 01.06.2017
21774

Obama 8 mln dollarga uy sotib oldi

AQSh sobiq prezidenti Barak Obama va uning rafiqasi Mishel Vashington yaqinidagi Kalorama tumanidan 8,1 mln dollarga hashamatli uy sotib olishdi. Bu haqda The Washington Post xabar bergan.

Ta'kidlanishicha, uyda sakkizta yotoqxona va 10 ta vanna hamda hojatxona bor, umumiy maydoni esa 8,2 ming kvadrat futga teng.

Er-xotin Obamalar avvalroq ushbu uyni ijaraga olishgandi, biroq keyinchalik uni xarid qilishga qaror qilishdi, sababi ular Vashingtonda kichik qizlari Sasha maktabni tamomlagunga qadar qolmoqchilar.

Avvalroq AQSh davlat kotibi Reks Tillerson ham Kalorama tumanidan, Obamalarga tegishli uyning yonidan 5,6 mln dollarga ko‘chmas mulk xarid qilgani ma'lum bo‘lgandi.

Mavzuga oid
Top